Akkauntni o'chirish
Hikoyon ilovasi · Imindo
Hikoyon akkauntingizni va unga tegishli ma'lumotlarni istalgan vaqtda o'chirishingiz mumkin.
Ilova ichida
- Hikoyon'ni oching va pastdagi Profil bo'limiga o'ting.
- Yuqori o'ng burchakdagi Sozlamalar tugmasini bosing.
- Akkauntni o'chirish bandini tanlang. Xohlasangiz, sababini yozing.
- Tasdiqlang: O'CHIRISH so'zini yozasiz (akkauntga telefon raqami ulangan bo'lsa — SMS kod bilan).
30 kun
So'rovdan keyin akkaunt darhol yopiladi va 30 kun kutiladi. Shu muddat ichida ilovaga qayta kirsangiz, "O'chirishni bekor qilish" mumkin.
30 kundan keyin butunlay o'chiriladi:
- barcha profillar (farzand profillari ham);
- tinglash progressi, kutubxona va Kitobxona javonlari;
- Siyoh balansi, reyting va viktorina natijalari;
- murojaatlar va ularga qo'shilgan skrinshotlar;
- bog'langan kirish usullari (Telegram, Google, telefon raqami).
Siyoh tarixi faqat shaxsni aniqlab bo'lmaydigan anonim statistika sifatida qoladi. Kunlik zaxira nusxalar 30 kun ichida o'z-o'zidan yangilanadi.
Ilovasiz o'chirish
Ilova o'chirib yuborilgan yoki ochilmayotgan bo'lsa, hikoyon.yordam@gmail.com manziliga yozing. Xatda ko'rsating:
- akkauntga qanday kirgansiz: Telegram (username), Google (pochta) yoki telefon raqami;
- ilovadagi nikingiz (bo'lsa).
Akkaunt egasi ekaningizni tasdiqlaganimizdan keyin o'chirish 3 ish kuni ichida boshlanadi va yuqoridagi 30 kunlik tartib amal qiladi. Javob shu pochtaga keladi.
Batafsil: Maxfiylik siyosati, 3 va 6-bo'limlar.