Hikoyon

Maxfiylik siyosati

Versiya 2 · Kuchga kirish sanasi: 2026-yil 11-noyabr

Biz faqat Ilova ishlashi uchun zarur bo'lgan eng kam ma'lumotni yig'amiz.

1. Nima yig'iladi va nima uchun

Ma'lumotNima uchun
Telefon raqami, yoki Telegram yoki Google akkaunt identifikatori (qaysi usul bilan kirsangiz)Akkauntga kirish, uni tiklash, ota-ona PIN-kodini tiklash, bitta odamning ko'p akkaunt ochishini cheklash
Tug'ilgan oy va yilYoshga mos asarlarni ko'rsatish (qonun talabi). Aniq tug'ilgan kun so'ralmaydi
Nik va avatarKitob klubi reytingida ko'rinish
Rozilik belgilari (shartlar, maxfiylik, bildirishnoma, ota-ona roziligi), ularning vaqti va hujjat versiyasiQonuniy asos va rozilik isbotini saqlash
Tinglash statistikasi (qaysi kitob, necha daqiqa, qaysi tezlikda), viktorina natijalari, Siyoh harakatlariReyting, mukofotlar, davom ettirish joyi
Qurilmaning tasodifiy identifikatoriBir vaqtda ikki qurilmada tinglashni cheklash
Reklama identifikatori (faqat bepul versiyada, Google AdMob)Reklama ko'rsatish
Murojaatlar (Yordam → «Biz bilan bog'lanish»): matn, siz qo'shgan skrinshotlar, ilova versiyasi, telefon modeli va Android versiyasi, profil identifikatori. Telefon raqami qo'shilmaydiMurojaatga javob berish, xatolarni tuzatish

So'ralmaydi va yig'ilmaydi: ism-familiya, aniq tug'ilgan kun, joylashuv, kontaktlar ro'yxati, rasmlar (murojaatga o'zingiz qo'shgan skrinshotdan tashqari).

Telegram orqali kirganda telefon raqami faqat siz botda o'zingiz "Raqamni ulashish" tugmasini bossangiz olinadi.

Anonim foydalanish statistikasi (analitika)

Ilovani yaxshilash uchun Ilova qaysi bo'limlar va kitoblar qanchalik tinglanishi haqida anonim statistika yuboradi. Tashqi analitika xizmatlari (masalan, Firebase Analytics) ishlatilmaydi: statistika faqat Hikoyonning o'z serveriga yuboriladi.

2. Qayerda saqlanadi

2.1. Ma'lumotlar O'zbekiston Respublikasi hududidagi serverda saqlanadi. Bu "Shaxsga doir ma'lumotlar to'g'risida"gi Qonun talabi.
2.2. SMS kodlar O'zbekistondagi SMS provayder orqali yuboriladi. Telegram orqali yuborilsa, Telegram xizmati ishlatiladi.
2.4. Murojaatlar Hikoyon jamoasiga Telegram boti orqali yetkaziladi (matn, skrinshotlar, ilova versiyasi va telefon modeli; telefon raqami yuborilmaydi).
2.3. Tasdiqlash kodlari va ota-ona PIN-kodi serverda faqat bir tomonlama xesh ko'rinishida saqlanadi. Kodning o'zi saqlanmaydi.
2.5. Anonim statistika ham O'zbekistondagi o'sha serverda saqlanadi va uchinchi shaxslarga berilmaydi.

3. Qancha muddat saqlanadi

4. Kimga beriladi

Ma'lumotlaringiz sotilmaydi va reklama maqsadida uchinchi shaxslarga berilmaydi. Faqat quyidagilarga beriladi:

5. Bolalar

5.1. 12 yoshgacha bo'lgan foydalanuvchilar uchun bolalar rejimi avtomatik yoqiladi:

5.2. 14 yoshga to'lmaganlar ota-ona (vasiy) roziligi bilan foydalanadi. Bu birinchi kirishda alohida belgilanadi.
5.3. Ota-ona istalgan vaqtda bolaning akkauntini o'chirishi mumkin: Profil → "Akkauntni o'chirish". Ota-ona PIN-kodi o'rnatish ham mumkin.
5.4. Bolalardan reklama maqsadida qo'shimcha ma'lumot yig'ilmaydi.

6. Sizning huquqlaringiz

7. O'zgarishlar

Siyosat yangilansa, versiya raqami oshiriladi va Ilova sizdan qayta rozilik so'raydi.

8. Aloqa

Ilova → Profil → "Yordam va fikr-mulohaza" → "Biz bilan bog'lanish". Pochta: hikoyon.yordam@gmail.com